Bugun 8 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

Sergelidagi mebel sex yonib ketdi

Sergelidagi mebel sex yonib ketdi

Bugun, 6 iyun kuni Toshkent shahrining Sergeli tumanidagi mebel tayyorlash sexida yong‘in yuz berdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, soat 07:55 da Sergeli tumanining “Bobur” MFY Sergeli shox ko‘chasida joylashgan mebel mahsulotlarini tayyorlash sexlarining birida yong‘in ro‘y bergani to‘g‘risida FVBga xabar kelib tushgan. Shunga ko‘ra yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 08:07 da hodisa joyiga yetib borib, yong‘in soat 08:42 da qurshab olingan va naq 2,5 soatda – soat 10:23 da o‘chirilgan.

Vazirlikka ko‘ra, yong‘in oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda.

Kiritildi: 14:40 06.06.2025. O'qildi: 619 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!