Bugun 6 iyun, 2025 yil, juma

КИР

Bolaning xususiy mulk huquqi qaysi moddada mustahkamlanganini bilasizmi?

Bolaning xususiy mulk huquqi qaysi moddada mustahkamlanganini bilasizmi?

Bolaning xususiy mulk huquqi O‘zbekiston Respublikasining “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunining 18 moddasida mustahkamlangan.

Mazkur moddaga ko‘ra, bola qonunchilikda belgilangan tartibda xususiy mulk huquqiga ega bo‘lishi mumkin.

Bolaga tegishli mulkka quyidagilar kiradi:

- shaxsiy foydalanishda bo‘lgan buyumlar;
- sovg‘a tariqasida (shu jumladan pul mablag‘lari) olingan mol-mulk;
- meros huquqi asosida o‘tgan mol-mulk;
- bolaning shaxsiy mehnati yoki boshqa qonuniy yo‘l bilan orttirilgan mol-mulki.
Bunday mol-mulk bolaning xususiy mulki hisoblanadi va qonun bilan himoya qilinadi.

Qonunchilik ushbu mol-mulkdan foydalanish bo‘yicha uchinchi shaxslarning,
jumladan ota-onalar yoki qonuniy vakillarning huquqlarini cheklaydi, agar bu bolaning manfaatlariga zid bo‘lsa.

Bola huquqlari daxlsizdir.

Bolaning mulkiy huquqlarini e’tirof etish va qat’iy himoyalash bolalarning qonunga hurmat tuyg‘usini shakllantirib, o‘z huquqlarining davlat tomonidan himoyalanishiga ishonchini yanada oshiradi.

Har bir bola o‘z huquqlari hurmat qilinadigan, himoya qilinadigan va to‘liq ta’minlanadigan muhitda ulg‘ayishi kerak.

Kiritildi: 11:42 03.06.2025. O'qildi: 515 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!