AQSh prezidenti Donald Tramp AQSh qurolli kuchlari o‘z zaxirasini misli ko‘rilmagan darajada to‘ldirayotganini aytdi.
"Bu bizda mavjud bo‘lgan eng kuchli armiyamiz, jumladan, biz qurol-yarog‘ni mamlakatimiz ilgari hech qachon ko‘rmagan darajada to‘plamoqdamiz", deb yozdi Amerika rahbari Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida.
Tramp Qo‘shma Shtatlar o‘zida to‘playotgan arsenallardan hech qachon foydalanishga majbur bo‘lmasligiga ishonch bildirdi.
4 mart kuni Yevrokomissiya Yevropa davlatlarining mudofaa qobiliyatini mustahkamlash bo‘yicha keng ko‘lamli rejani ishga tushirish niyatida ekani xabar qilingandi. Unda mudofaa sohasiga Yevropa Ittifoqi byudjetidan kamida 100 milliard yevro miqdorida sarmoya kiritish nazarda tutilgan.