O‘zboshimchalik bilan elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan fermer xo‘jaligi aniqlandi
"O‘zenergoinspeksiya" Qashqadaryo viloyat hududiy boshqarmasi va viloyat prokuraturasi bilan hamkorligida o‘tkazilgan nazorat tadbirida Kasbi tumani "Shakarjuy" MFYda joylashgan "M. M. R." fermer xo‘jaligi tomonidan dala yer maydonlarini sug‘orish uchun o‘rnatilgan suv nasos qurilmasini hisoblagichdan tashqari ulanib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra elektr ta’minoti korxonasiga 423,3 mln so‘mlik zarar yetkazganligi ma’lum bo‘ldi.
Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.