Koreya Respublikasining sobiq prezidenti Yun Seok Yol va uning rafiqasi Kim Gun Xi yangi davlat rahbari saylovida ovoz berdi.
Bu haqda Yonhap agentligi xabar berdi.
Joriy navbatdan tashqari saylovlar Konstitusiyaviy sud Yun Seok Yolni 4 aprel kuni hokimiyatdan chetlatgani uchun o‘tkazilmoqda. Sobiq prezident va uning rafiqasi Seul janubidagi saylov uchastkasida ovoz berdi.
Yun Seok-Yol jurnalistlarning savollariga javob bermadi. U 2024 yil 3-4 dekabrdagi harbiy holat voqealari munosabati bilan qo‘zg‘olon ko‘tarish bo‘yicha ochilgan jinoiy ish bo‘yicha sudlanuvchi hisoblanadi.
Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, 3 iyun asosiy ovoz berish kunida saylovchilarning ishtiroki 18,3 foizni tashkil etgan. Bu 44,3 million saylovchidan 8,1 million kishini tashkil etadi. 29-30 may kunlari bo‘lib o‘tgan muddatidan oldin ovoz berish jarayonida saylovchilarning 34,74 foizi qatnashgan. Prezidentlikka asosiy nomzodlar muddatidan oldin ovoz berish bosqichida ovoz berishdi. Sobiq Toburo Demokratik partiyasi raisi Li Chje Myon birinchi nomzod sifatida ko‘rilmoqda, so‘nggi so‘rovlar uning raqiblaridan kamida 10 foizga o‘zib ketganini ko‘rsatdi.