Bu yilgi haj mavsumida ilk bor Falcon nomli o‘t o‘chiruvchi va qutqaruvchi dron ishga tushiriladi. Bu haqda Saudiya Arabistoni fuqarolik mudofaasiga tayanib, Arab News xabar berdi.
Saudiya Arabistonida 2025-yilgi haj mavsumida ilk bor Falcon nomli sun’iy intellekt bilan jihozlangan o‘t o‘chiruvchi va qutqaruvchi dron sinovdan o‘tkazilmoqda.
Mazkur dron baland tog‘lar va chekka hududlardagi yong‘inlarni o‘chirish, shuningdek, qutqaruv ishlarini olib borish uchun mo‘ljallangan. U 12 soatgacha havoda parvoz qilib, 40 kggacha yuk ko‘tarishi mumkin. Shuningdek, u hodisa joyidan jonli efirni uzatish, tezkor javob berish va real vaqt rejimida qaror qabul qilish imkoniyatlari bilan ajralib turadi.