Bugun 6 iyun, 2025 yil, juma

КИР

O‘zbekistonda ta’lim sifati past bo‘lgan maktablar ro‘yxati tasdiqlandi

O‘zbekistonda ta’lim sifati past bo‘lgan maktablar ro‘yxati tasdiqlandi

Ro‘yxatga 470 ta maktab kiritildi. Bunday maktablarga boshqa hududlardan jalb etilgan o‘qituvchilarga ustamalar to‘lanadi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining tegishli buyrug‘i bilan O‘zbekistonda ta’lim sifati past bo‘lgan maktablar ro‘yxati tasdiqlandi.

2025/26-o‘quv yili uchun ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablar ro‘yxatiga 470 ta maktab kiritildi. Bunday maktablarning eng ko‘pi — 99 tasi Qashqadaryo viloyatida joylashgan.

Qolgan hududlarda ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablar soni quyidagicha:

  • Samarqand viloyatida — 86 ta;
  • Surxondaryo viloyatida — 70 ta;
  • Jizzax viloyatida — 36 ta;
  • Namangan viloyatida — 34 ta;
  • Sirdaryo viloyatida — 32 ta;
  • Farg‘ona viloyatida — 29 ta;
  • Qoraqalpog‘istonda — 24 ta;
  • Andijon viloyatida — 23 ta;
  • Navoiy viloyatida — 16 ta;
  • Xorazm viloyatida — 9 ta;
  • Buxoro viloyatida — 5 ta.

“Xalq ta’limi info” portali ma’lumotlarida keltirilishicha, 2023 yilda shunday maktablar ro‘yxatda 642 ta, 2024 yilda 545 ta edi. Bu yil ta’lim sifati past bo‘lgan maktablar soni 75 taga qisqargan.

Ta’lim sifati past bo‘lgan maktablarga boshqa hududlardan jalb etilgan o‘qituvchilarga ustama to‘lanadi

Vazirlar Mahkamasining 2021 yildagi qarori bilan tasdiqlangan nizomga ko‘ra, oliy ma’lumotga va birinchi yoki oliy malaka toifali, kamida 1 yil pedagogik ish stajiga ega o‘qituvchilar ta’lim sifati past bo‘lgan maktablarga boshqa hududlardan jalb etilgan taqdirda ularga 50 foizdan 100 foizgacha ustama to‘lanadi.

Kiritildi: 19:11 02.06.2025. O'qildi: 1024 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!