Bugun 6 iyun, 2025 yil, juma

КИР

Davlat qiyoslov ko‘rigidan o‘tkazish muddatiga amal qilmagan AYOQShga jarima qo‘llanildi

Davlat qiyoslov ko‘rigidan o‘tkazish muddatiga amal qilmagan AYOQShga jarima qo‘llanildi

Davlat qiyoslov ko‘rigidan o‘tkazish muddatiga amal qilinmasdan iste’molchilarga neft mahsulotlarini sotuvga chiqargan AYOQShga nisbatan chora ko‘rildi.

"O‘zenergoinspeksiya" Sirdaryo viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan Boyovut tumanida joylashgan "B.P.O." MCHJga qarashli avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasida neft mahsulotlarini tarqatish talablariga rioya etilishi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.

O‘rganish davomida ushbu AYOQShdagi yoqilg‘i tarqatish ustunlarining navbatdagi davlat qiyoslov ko‘rigidan o‘tkazish muddatiga amal qilinmasdan iste’molchilarga neft mahsulotlari sotilayotganligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining 940-sonli qonunining 43-moddasiga ko‘ra, ushbu AYOQShga nisbatan 50,3 million so‘m (realizasiya qilingan avtobenzin qiymatining 50 foizi) miqdorida jarima qo‘llanildi.

Kiritildi: 11:37 02.06.2025. O'qildi: 539 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!