Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand viloyati boshqarmasi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Energosavdo” Samarqand shahri bo‘limi elektromontyori A.B. fuqaro O.SH.ning savdo do‘konida elektr energiyasidagi qoidabuzarligi uchun tuzilgan dalolatnoma bo‘yicha hisoblangan 113 mln so‘mlik qarzdorligini kamaytirib berishi evaziga 20 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.