Bugun 5 iyun, 2025 yil, payshanba

КИР

Tanzila Narbayeva vazifasini ado etish chog‘ida halok bo‘lgan harbiylarning farzandlari bilan uchrashdi

Tanzila Narbayeva vazifasini ado etish chog‘ida halok bo‘lgan harbiylarning farzandlari bilan uchrashdi

1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva o‘z xizmat vazifasini ado etish chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning farzandlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda senatorlar, tegishli vazirlik va idoralar vakillari, “SOS O‘zbekiston bolalar mahallalari” uyushmasi tarbiyalanuvchilari, Yoshlar parlamenti a’zolari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ham ishtirok etdi.

Mamlakatimizda bola huquqlari kafolatlarini ta’minlash, bolalarni himoya qilish uchun barcha zarur sharoitlar yaratish davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Milliy qonunchiligimizda bola huquqlari bilan bog‘liq bo‘lgan qonun hujjatlari soni 40 dan, qonunosti hujjatlari soni 500 dan ortiqdir.Tanzila Narbayeva vazifasini ado etish chog‘ida halok bo‘lgan harbiylarning farzandlari bilan uchrashdi

Jumladan, “Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari bo‘yicha vakili (Bolalar ombudsmani) to‘g‘risida”gi qonunlar qabul qilingan.

Sohada olib borilgan islohotlar natijasida 23 ta Mehribonlik muassasasi va bolalar uyi faoliyati tugatildi. Mazkur yo‘nalishda bolaning oila muhitida tarbiyalanishini ta’minlashga qaratilgan ijtimoiy himoya tizimi yo‘lga qo‘yilgani alohida qayd etildi.

Tadbirda Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar va Favqulodda vaziyatlar vazirligining o‘z xizmat burchini ado etish chog‘ida hayotini bag‘ishlagan harbiylarining farzandlari bilan samimiy muloqot o‘tkazildi. Har bir bola davlat himoyasida, uning ta’lim olishi, sog‘lig‘i, hayoti sifati hamisha e’tiborda ekani ta’kidlandi.Tanzila Narbayeva vazifasini ado etish chog‘ida halok bo‘lgan harbiylarning farzandlari bilan uchrashdi

Bu orqali davlatimizning eng muqaddas qadriyatlaridan biri — Vatanga sadoqat yo‘lida jonini fido qilganlarning xotirasini e’zozlash va ularning avlodlariga mehr ko‘rsatish an’anasi yana bir bor o‘z isbotini topdi. Tadbir davomida Oliy Majlis Senati Raisi bolalar bilan samimiy suhbatlashib, ularning fikrlari va orzu-istaklarini tingladi, kelgusi rejalari bilan tanishdi.

Mamlakatimizda xizmat vazifasini ado etish chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning oilalarini qo‘llab-quvvatlash va ularni ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda. Jumladan, Mudofaa vazirligi tomonidan 2024-yilda 64 nafar, 2025-yilda esa 47 nafar harbiy xizmatchining farzandlariga oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun tavsiyanomalar berildi.Tanzila Narbayeva vazifasini ado etish chog‘ida halok bo‘lgan harbiylarning farzandlari bilan uchrashdi

Shuningdek, halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va farzandlari harbiy shifoxonalarda muntazam tibbiy ko‘riklardan o‘tkazilmoqda, zarur hollarda davolanishlari ta’minlanmoqda. Davlat bayramlari arafasida esa ularga sovg‘alar topshirilib, madaniy-ma’rifiy tadbirlar va konsert dasturlarida ishtirok etishlari uchun sharoit yaratilmoqda.

Bundan tashqari, halok bo‘lgan harbiylarning 15 nafar oila a’zosi uchun sanatoriylarda bepul dam olish tashkil etilgan. Yozgi davrda esa halok bo‘lgan harbiylarning 37 nafar farzandi sog‘lomlashtirish oromgohlarida bepul hordiq chiqarish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Uchrashuvda Senat Raisi bolalarga murojaat qilib, “Sizlar – yurtimizning ertangi kuni, kelajagimizning egalarisiz. Bilim olishdan to‘xtamang, yangiliklarni o‘rganing, o‘z ustingizda ishlang. Orzu qilishdan qo‘rqmang va unga erishish yo‘lida olg‘a intiling, shunda albatta maqsadingizga yetasiz” deya ta’kidlab o‘tdi.

Ushbu ochiq muloqot yana bir bor Davlat rahbari tomonidan bolalarga ko‘rsatilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlikning, ayniqsa, ijtimoiy himoya tizimida yaratilayotgan imkoniyatlar, keng ko‘lamli loyihalar va tizimli dasturlar joriy etilayotganining yorqin namunasi bo‘ldi. Bu esa yurtimizda vatanparvarlik, fidoyilik va sadoqat kabi muqaddas qadriyatlar avloddan-avlodga o‘tishini ta’minlashga xizmat qiladi.

Tadbir yakunida bolajonlarimiz bayram dasturxoniga taklif etildi hamda ularga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Kiritildi: 13:18 01.06.2025. O'qildi: 723 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!