Bugun 3 iyun, 2025 yil, seshanba

КИР

Yozning ilk kuni yurtimizda kutilayotgan ob-havo ma’lumoti bilan tanishing

Yozning ilk kuni yurtimizda kutilayotgan ob-havo ma’lumoti bilan tanishing

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 1 iyun kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 16-18 daraja iliq, kunduzi 30-32 daraja issiq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 17-22 daraja iliq, kunduzi 34-39 daraja issiq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 15-20 daraja iliq, kunduzi 32-37 daraja issiq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 15-20 daraja iliq, kunduzi 30-35 daraja issiq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 15-20 daraja iliq, kunduzi 32-37 daraja issiq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 13-18, kunduzi 25-30 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikamizning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi kutilmoqda. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 10-15, kunduzi 18-23 daraja iliq bo‘ladi.

Kiritildi: 16:01 31.05.2025. O'qildi: 624 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!