Bugun 2 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

Baydenning saraton tashxisidan keyingi ilk nutqi

Baydenning saraton tashxisidan keyingi ilk nutqi

Amerika Qo‘shma Shtatlari sobiq prezidenti Jo Bayden xavfli tashxis qo‘yilganidan so‘ng ilk bor jamoatchilik oldida nutq so‘zladi va amerikaliklarni demokratiyani himoya qilishga da’vat etdi. Nutq juma kuni efirga uzatildi, asosiy g‘oyalarni New York Post (NYP) keltirdi.

"Halok bo‘lgan harbiylar bizdan ularning ishini emas, balki o‘z vazifamizni bajarishni - Amerikani va demokratiyani ayni damda himoya qilishni so‘rayapti," - dedi prezident.

18 may kuni Baydenda prostata saratoni va suyak metastazlari borligi aniqlandi. Sobiq prezident idorasi ma’lumotlariga ko‘ra, davlat rahbari o‘tgan hafta "siydik chiqarishda muammolar paydo bo‘lganidan so‘ng prostata bezida tugun topilgani sababli" tekshiruvdan o‘tgan. Jurnalistlar aytishicha, kasallikning ancha tajovuzkor shakli bo‘lishiga qaramay, Baydenda aniqlangan saraton gormonlarga ta’sirchan bo‘lib, bu uni samarali davolash imkonini beradi.

Kiritildi: 23:10 30.05.2025. O'qildi: 763 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!