Bugun 2 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

Antaliyaga tornado hujum qildi

Antaliyaga tornado hujum qildi

Turkiyaning Antaliya shahriga tornado hujum qildi, deb xabar bermoqda turk ommaviy axborot vositalari.

Girdobdan eng ko‘p zarar ko‘rgan hudud G‘ozipasha tumani bo‘ldi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda G‘ozi va Beyobasi mahallalaridagi 70 ga yaqin issiqxonaning vayron bo‘lgani ko‘rinadi.

Ba’zi uylarning tomlari kuchli shamol ta’sirida uchdi. Bundan tashqari, bo‘ron shahardagi ko‘plab daraxtlarni ag‘darib tashladi, ayrim avtomobil yo‘llarida harakatni vaqtincha to‘xtatishga to‘g‘ri keldi. Guvohlarning aytishicha, tornado atigi bir necha daqiqa davom etgan.

Qurbonlar bo‘lishining oldi olindi. Hozirgi paytda hokimiyat organlari noqulay ob-havodan yetkazilgan zararni baholashga urinmoqda.

Kiritildi: 22:55 30.05.2025. O'qildi: 655 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!