Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy va AQSh prezidenti Donald Tramp bilan shaxsiy uchrashuviga prinsipial jihatdan qarshi emas.
Bu haqda Rossiya davlat rahbari matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya va Ukraina delegasiyalari o‘rtasidagi muzokaralarda aniq natijalarga erishilgandan keyingina oliy darajadagi aloqalar imkoniyatini ko‘rib chiqish mumkin.
"Prezident Putin prinsipial jihatdan oliy darajadagi aloqalar "tarafdori" ekanini bir necha bor ta’kidlagan. Albatta, bunday uchrashuvlar talabga ega. Lekin ularga oldindan tayyorgarlik ko‘rish kerak. Birinchidan, ikki davlat delegasiyalari o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarda natijaga erishish kerak. Shundan keyingina oliy darajadagi uchrashuvlar haqida gapirish mumkin", — dedi Peskov.
Kreml Turkiya tashqi ishlar vaziri Xoqon Fidanning yaqinda Anqara Rossiya, Ukraina va AQSh prezidentlarini muzokaralar uchun qabul qilishga tayyorligi haqidagi bayonotini shunday izohladi. Avvalroq Turkiya tomoni ham tinchlik tashabbuslari va diplomatik vositachilikni davom ettirishdan manfaatdor ekanini tasdiqlagan edi.