Bugun 2 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

Buxoroda qiymati 188 mln. so‘mlik zargarlik buyumlarining noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi

Buxoroda qiymati 188 mln. so‘mlik zargarlik buyumlarining noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi

Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi tezkor tuzilmalari hamda Romitan tuman Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi vakillari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda tegishli hujjatlarsiz zargarlik buyumlarini savdoga chiqarish bilan bog‘liq holat aniqlandi.

Unda fuqaro M.S. 2 million so‘m evaziga qo‘lbola usulda tayyorlangan tilla uzukni sotayotgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan to‘xtatib qolindi.

Bundan tashqari mazkur shaxsga tegishli savdo rastasi ko‘zdan kechirilganda, qo‘lbola usulda tayyorlangan 42 dona, og‘irligi esa, 132 gramm zargarlik buyumlari sotish maqsadida saqlanayotganligi ma’lum bo‘ldi.

Hozirda holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, umumiy qiymati 188 mln so‘m deb baholanayotgan zargarlik buyumlari huquqiy baho berilgunga qadar vaqtincha saqlovga olindi.

Kiritildi: 13:25 30.05.2025. O'qildi: 504 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!