Bugun 29 may, 2025 yil, payshanba

КИР

Durov: "Men rusman!"

Durov: "Men rusman!"

Tadbirkor va Telegram messenjeri asoschisi Pavel Durov 27 may seshanba kuni Amerika Inson Huquqlari Jamg‘armasi tashkil etgan forumda so‘zga chiqdi. U biror davlat tuzilmasiga qaram ekanligi yoki maxsus xizmatlar uchun ishlashi haqidagi ayblovlarga javoban o‘zini rus deb atadi.

Biznesmenning aytishicha, "uni bunday ayblovlar bilan fosh qilmoqchi bo‘lganlar uning hayot yo‘li haqida hech narsa bilmaydi, shuning uchun bunday taxminlar qilishga haqli emas." Tadbirkor o‘zi asos solgan "VKontakte" ijtimoiy tarmog‘i va Telegram "Sharqiy Yevropada so‘z erkinligi va shaxsiy hayotni himoya qilishda ulkan rol o‘ynaganini" ta’kidladi.

"Men rusman! Kimningdir qo‘g‘irchog‘i bo‘lgandan ko‘ra o‘lganim afzal," - deya xitob qildi Durov.

Kiritildi: 23:02 27.05.2025. O'qildi: 5067 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!