Bugun 28 may, 2025 yil, chorshanba

КИР

Isroilga zarba: Irlandiya birinchi bo‘lib savdoni to‘xtatadi!

Isroilga zarba: Irlandiya birinchi bo‘lib savdoni to‘xtatadi!

The Financial Times nashrining xabar berishicha, Irlandiya Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar orasida birinchi bo‘lib, bosib olingan Falastin hududlarida faoliyat yuritayotgan Isroil kompaniyalari bilan savdoni taqiqlovchi qonun loyihasini rasman ishlab chiqishni boshlaydi. Hukumat bu qarorni G‘azoda davom etayotgan urushning og‘ir oqibatlari tufayli qabul qilganini ta’kidlamoqda.

Financial Times ma’lumotlariga ko‘ra, Irlandiya tashqi ishlar va savdo vaziri Saymon Xarris seshanba kuni ushbu qonun loyihasini ishlab chiqish jarayonini boshlab beradi. U rejalashtirilgan qonunni Isroil tomonidan sodir etilayotgan harbiy jinoyatlarga qarshi zaruriy chora sifatida baholamoqda.

"Harbiy jinoyatlar sodir etilayotgani, bolalar ochlikdan azob chekayotgani va oziq-ovqat urush quroli sifatida ishlatilayotgani shubhasiz," dedi Xarris Financial Times bilan suhbatda. U yana xalqaro hamjamiyatning harakatsizligi Isroilning G‘azoga qarshi shafqatsizliklari to‘xtovsiz davom etishiga imkon berganini alohida ta’kidladi.

Kiritildi: 23:41 26.05.2025. O'qildi: 1044 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!