Davlat dumasining sobiq deputati, iste’fodagi Federal xavfsizlik xizmati polkovnigi Gennadiy Gudkov Trampning Putin "aqldan ozgan" degan gapiga sharh berdi.
"Bu oddiy sahnalashtirilgan voqea. Doimo shunday bo‘lgan, dunyodagi barcha maxsus xizmatlar shu tarzda ishlaydi. Qarang, qanday holat yuzaga kelyapti. Uni allaqachon yollab olishgani haqida ma’lumotlar paydo bo‘lyapti, shunday emasmi? Darhol chiqib, Putinni jinni deb atayapti, sanksiyalar va’da qilyapti. Tabiiy ravishda, Putindan Putinni qoralash buyrug‘ini olyapti. Bularning barchasi e’tiborni chalg‘itish uchun. Bu shunchaki teatr,"
deya Gudkov Ukrainaning "Seychas" telekanali efirida ta’kidladi.