Bugun 28 may, 2025 yil, chorshanba

КИР

Kim Chen In g‘azabda dahshatli

Kim Chen In g‘azabda dahshatli

Koreya Mehnat partiyasi harbiy sanoat departamenti direktor o‘rinbosari Ri Xyon Son Shimoliy Koreyada yangi esmines bilan bog‘liq hodisadan so‘ng qamoqqa olinganini BBC rasmiy manbalarga asoslanib xabar qilmoqda.

Bu KXDR rahbari Kim Chen In ishtirokida kema suvga tushirilayotganda ag‘darilib ketganidan keyin qamoqqa olingan to‘rtinchi amaldordir.

Koreya Markaziy Axborot Agentligi (KMAA) Ri Xyon Sonni jiddiy halokat uchun asosiy javobgar deb e’lon qildi. U ish bo‘yicha qamoqqa olingan eng yuqori lavozimli shaxs bo‘ldi.

Ilgari Shimoliy Koreeydagi Chxonchjin kemasozlik zavodida suv sig‘imi 5 ming tonna bo‘lgan yangi esminesni suvga tushirish marosimi o‘tkazilgan edi. KMAA ma’lumotlariga ko‘ra, kema pastga tushirilayotganda boshqaruvdagi xatolik tufayli qiyshayib, suvga ag‘darilib ketgan. KXDR rahbari bu hodisani "tasavvur qilib bo‘lmaydigan va mutlaqo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan, ehtiyotsizlik, mas’uliyatsizlik va noilmiy tajribabozlik tufayli sodir bo‘lgan jiddiy jinoyat" deb baholadi.

Kiritildi: 21:57 26.05.2025. O'qildi: 2050 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!