Bugun 28 may, 2025 yil, chorshanba

КИР

"Haqqoniy va’da"ga tayyormiz – Eron Isroilni ogohlantirdi

"Haqqoniy va’da"ga tayyormiz – Eron Isroilni ogohlantirdi

Eron Isroilga yangi zarba berish bilan tahdid qildi.

Eron qurolli kuchlari Tel-Aviv tomonidan kuch ishlatishga urinish bo‘lgan taqdirda Isroilga qarshi yangi raketa hujumi uyushtirishga tayyor ekanligini bildirdi.

Bu haqda Eron armiyasi bosh qo‘mondoni Abdulrahim Musaviy ma’lum qildi, uning so‘zlarini Tasnim agentligi keltirmoqda.

"Isroilda jinoyatchilar va ahmoqlar hokimiyat tepasida turgani sababli har qanday xato yuz berishi mumkin. Agar ular yangi "Haqqoniy va’da"ni tezroq olishga intilsalar - biz bunga tayyormiz. Barcha avvalgi ogohlantirishlarimiz o‘z kuchida qolmoqda," - dedi Musaviy o‘tgan yilning aprel va oktyabr oylarida Eronning raketa zarbalari bo‘yicha amalga oshirgan operasiyalarini nazarda tutib.

U, shuningdek, Isroil cheklangan resurslar tufayli Eronga jiddiy zarar yetkaza olmasligini, Tehron esa nafaqat Isroilning o‘ziga, balki uning ittifoqchilariga ham qarshi tura olishini ta’kidladi.

CNN telekanalining 21 may sanasidagi ma’lumotiga ko‘ra, Isroil Eronning yadro infratuzilmasiga zarba berishga tayyorgarlik ko‘rayotgan bo‘lishi mumkin. Telekanal manbalarining fikricha, so‘nggi oylarda bunday qadam qo‘yilishi ehtimoli ortgan va bu AQSh bilan muzokaralar doirasida Eronga bosim o‘tkazishga urinish bo‘lishi mumkin.

Kiritildi: 21:12 26.05.2025. O'qildi: 1041 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!