Bugun 28 may, 2025 yil, chorshanba

КИР

Endilikda Ukraina Rossiya hududiga ham zarba bera oladi! G‘arb cheklovlarni bekor qildi

Endilikda Ukraina Rossiya hududiga ham zarba bera oladi! G‘arb cheklovlarni bekor qildi

Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya va AQSh Ukrainaga uzoq masofali qurol yetkazib berishdagi cheklovlarni bekor qildi, dedi Germaniya kansleri Fridrix Mers.

"Endilikda Ukrainaga yetkazib berilayotgan qurollar uchun uning uchish masofasi bo‘yicha hech qanday cheklovlar mavjud emas. Bu shuni anglatadiki, Ukraina endi o‘zini himoya qilishi mumkin, jumladan, Rossiya hududida joylashgan harbiy pozisiyalarga zarbalar berish orqali ham. Ilgari Ukraina ma’lum bir cheklovlar tufayli bunday qilolmas edi", — deya izoh berdi Mers WDR telekanaliga bergan intervyusida.

Fridrix Mersning qo‘shimcha qilishicha, endi Ukrainani bunday turdagi qurollar bilan ta’minlash zarur.

May oyi o‘rtalarida Mers Ukrainaga uzoq masofali Taurus qanotli raketalarini yetkazib berish rejalari yo‘qligini aytgan edi.

"Ma’lumki, AQSH, Britaniya va Fransiya o‘tgan yilning oxiridayoq o‘z qurollari bilan Rossiya hududidagi nishonlarga zarba berishda foydalanilishiga qo‘yilgan cheklovlarni bekor qilgan edi. Shuning uchun Mers nimani nazarda tutgani aniq emas", deb yozmoqda DW.

Kiritildi: 18:55 26.05.2025. O'qildi: 858 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!