Bugun 28 may, 2025 yil, chorshanba

КИР

Makron rafiqasidan tarsaki yegan videosiga izoh berdi

Makron rafiqasidan tarsaki yegan videosiga izoh berdi

Emmanuel Makron rafiqasidan tarsaki yegani aks etgan video bo‘yicha izoh berdi.

Fransiya prezidenti videoning haqiqiyligini tasdiqladi, biroq voqea noto‘g‘ri talqin qilinganini aytdi. Siyosatchi Brijit tomonidan yuziga urilgan zarbani "shunchaki hazillashish" deb tushuntirdi.

"Biz tortishmadik, shunchaki turmush o‘rtog‘im bilan hazillashayotgan edik. Ammo, hayratlanarlisi shundaki, bu butun dunyo miqyosidagi falokatli holat kabi talqin qilindi. Odamlar juda ko‘p bema’ni gaplarni gapiryapti. Hamma tinchlanishi kerak", — dedi Makron Vyetnamga tashrifi chog‘ida jurnalistlarga.

Kiritildi: 18:01 26.05.2025. O'qildi: 2770 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!