Traktorlarda norozilik bildirgan fermerlar qishloq xo‘jaligi to‘g‘risidagi qonun loyihasi ko‘rib chiqilayotgan Fransiya parlamentining quyi palatasi — Milliy assambleyaga yetib keldi.
Bu haqda Fransiya OAVlari xabar bermoqda.
O‘nlab traktorlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri parlament binosi eshigi oldida joylashgan edi. Ular aksiyani tashkil etayotgan FNSEA va Jeunes Agriculteurs kasaba uyushmalari bayroqlarini ko‘tarib yurishgan.
Rejaga ko‘ra, aksiyaga 200 ga yaqin kishi qo‘shiladi. Namoyishchilar yonida bir necha polisiya furgonlari navbatchilik qilmoqda. Tashkilotchilarga ko‘ra, aksiya shahar prefekturasi bilan kelishilgan. Biroq traktorlarga yopishtirilgan norozilik shiorlari oq qog‘oz bilan qoplangan.
Fermerlar qonun loyihasini qo‘llab-quvvatlamoqda, biroq chap qanot partiyalari deputatlari kiritmoqchi bo‘lgan ko‘plab tuzatishlar tufayli uning muhokamasi cho‘zilib ketishidan qo‘rqishmoqda. Ular, o‘z navbatida, qishloq xo‘jaligi faoliyatini tartibga solishni engillashtirish, masalan, qurg‘oqchilik paytida fermerlarga suv idishlarini to‘ldirishga ruxsat berish, atrof-muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatishidan qo‘rqishadi.