Bugun 28 may, 2025 yil, chorshanba

КИР

"Real"ga ketgan Xabi Alonso o‘rniga "MYu"ning sobiq ustozi keldi

"Real"ga ketgan Xabi Alonso o‘rniga "MYu"ning sobiq ustozi keldi

"Bayer" Erik ten Xag bosh murabbiy etib tayinlanganini e’lon qildi.

55 yoshli niderlandiyalik mutaxassis Germaniyaning "Real" klubiga o‘tgan Xabi Alonso o‘rnini egalladi.

Ten Xag "Bayer" bilan 2027 yilning 30 iyuniga qadar shartnoma imzoladi. Bitim 1 iyuldan kuchga kiradi.

Erikning so‘nggi klubi "Manchester Yunayted" bo‘lib, u 28 oktyabr kuni klubni tark etgandi. Klub bilan murabbiy Angliya kubogi va Angliya ligasi kubogini qo‘lga kiritdi.

Bundan avval ten Xag "Bavariya," "Utrext" va "Ayaks"ning ikkinchi jamoasi "Gou Exed Igls"ni ham boshqargan.

Kiritildi: 14:26 26.05.2025. O'qildi: 576 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!