Saudiya Arabistoni hukumati JCH-2034da spirtli ichimliklar iste’mol qilishga ruxsat beradi.
Avvalroq Saudiya Arabistonining Buyuk Britaniyadagi elchisi Xolid ibn Bandar Al Saud turnir davomida spirtli ichimliklar bo‘lmasligini ma’lum qilgandi: "Biz kimnidir deb madaniyatimizni o‘zgartirishni istamaymiz. Ichkiliksiz yashay olmaysizlarmi?
Mamlakatda spirtli ichimliklar ichishga taqiq 1952 yildan beri amal qilib kelmoqda. U jahon chempionati starti oldidan yechilishi aytilmoqda.
Saudiya Arabistoni rasmiylari ba’zi sayyohlik joylarida spirtli ichimliklarni iste’mol qilishga ruxsat berishni rejalashtirmoqda, JCH-2034 davomida 600 ta shunday hudud bo‘ladi. Ammo jamoat joylari, uylar va do‘konlarda ichishga umumiy taqiq saqlanib qoladi, deb yozadi India Today The Sun nashriga tayanib.
Shu bilan birga, tarkibida 20 foizdan ortiq alkogol bo‘lgan ichimliklar taqiq ostida qoladi, deya ta’kidlaydi Metro mahalliy manbalarga tayanib.
Ushbu yechim vino, pivo va sidrni lisenziyalangan joylarda, masalan, besh yulduzli mehmonxonalarda sotish imkonini beradi. Mamlakatda bu chora ba’zi mashhur sayyohlik joylarida spirtli ichimliklarga ruxsat berilgan BAA va Bahrayn bilan raqobatlashishga yordam beradi, deb ishoniladi.