Surxondaryoda YPX xodimi qochmoqchi bo‘lgan haydovchiga elektroshoker ishlatdi.
Qayd etilishicha, Muzrabot tumanida to‘xtash talabini inkor etgan Lacetti haydovchisi uylar orasiga qochgan va hujjatlarini ko‘rsatishdan bosh tortgan.
Shu sababli xodim uni to‘xtatish maqsadida elektroshokerdan foydalangan. Ko‘p o‘tmay qo‘shimcha kuch chaqirilib, haydovchi ichki ishlar bo‘limiga olib ketilgan.