Amerika banklari qo‘shma steyblkoyn – dollar qiymatiga bog‘langan raqamli valyutani yaratishni rejalashtirmoqda, deya xabar beradi Kazinform.
The Wall Street Journal (WSJ) xabariga ko‘ra, muzokaralar dastlabki bosqichda. JPMorgan Chase, Bank of America, Citigroup va Wells Fargo ishtirok etmoqda.
Steyblkoynning yaratilishi ularga moliyaviy operasiyalarni, jumladan, an’anaviy bank tizimida bir necha kun davom etishi mumkin bo‘lgan xalqaro pul o‘tkazmalarini tezlashtirish imkonini berishi kutilmoqda.
Qayd etilishicha, Amerika kredit tashkilotlari o‘zlarining steyblkoynlarini yaratmasdan turib, faol rivojlanayotgan kriptovalyuta bozori sharoitida raqobatbardoshlikni to‘xtatib qolishlaridan qo‘rqadi.
Gazetaning qayd etishicha, yakuniy qaror hali qabul qilinmagan. Bu bank mijozlarining bunday valyutaga bo‘lgan talabini baholashga, shuningdek, ushbu sohadagi qonunchilik tashabbuslariga bog‘liq bo‘ladi.