Bugun 21 may, 2025 yil, chorshanba

КИР

Toshkent shahrida sifatsiz neft mahsulotini sotuvga chiqargan AYOQShga nisbatan chora ko‘rildi

Toshkent shahrida sifatsiz neft mahsulotini sotuvga chiqargan AYOQShga nisbatan chora ko‘rildi

“O‘zenergoinspeksiya” Toshkent shahar hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirida "I.D.P." MCHJga qarashli AYOQSh tomonidan sotilayotgan AI-80 markali avtobenzindan namunalar olinib, laboratoriyada tahlil qilinganda davlat standart talablariga mos kelmasligi (sifatsiz) aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida O‘zbekiston Respublikasining 940-sonli Qonunining 43-moddasiga asosan realizasiya qilingan 1 638 litr avtobenzin qiymatining 50 foizi miqdorida iqtisodiy sanksiya qo‘llanildi.

Shuningdek, aniqlangan qoldiq saqlanayotgan sifatsiz neft mahsulotlarini sotuvga chiqarmaslik va sifatini qayta tiklash lozimligi bo‘yicha ko‘rsatma berildi.

Kiritildi: 10:38 20.05.2025. O'qildi: 467 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!