Bugun 20 may, 2025 yil, seshanba

КИР

AQSh maxfiy kanal orqali Isroil va HAMAS o‘rtasida tinchlik muzokaralarini boshlamoqda

AQSh maxfiy kanal orqali Isroil va HAMAS o‘rtasida tinchlik muzokaralarini boshlamoqda

Stiv Uitkoff Isroil va HAMASga G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish va garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha yangilangan taklifni yetkazdi va tomonlarni uni qabul qilishga chaqirdi, deb yozadi Axios.

Trampning maxsus vakili rejasi bo‘yicha muzokaralar Dohada emas, balki ilgari garovga olingan isroillik-amerikalik Eden Aleksandrni ozod qilishga yordam bergan falastinlik-amerikalik biznesmen Bishara Baxbax ishtirokidagi maxfiy kanal orqali olib borilmoqda.

Uitkoff Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu, uning maslahatchisi Ron Dermer va HAMAS yetakchilari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilgan, biroq tomonlarning pozisiyalari qat’iyligicha qolmoqda, deya ta’kidlaydi portal.

Kiritildi: 22:51 18.05.2025. O'qildi: 481 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!