Fransiya Tashqi ishlar vazirligi Parijning Ruminiya saylovlariga aralashuvi haqidagi ayblovlarni rad etdi.
Ilgari Telegram asoschisi Pavel Durov o‘zining messenjerdagi kanalida xabar tarqatgan edi. Unda u G‘arbiy Yevropa mamlakatlaridan birining hukumati iltimosiga ko‘ra, Ruminiya prezidentlik saylovlari oldidan ruminiyalik konservatorlar kanallarini jim qilishdan bosh tortganini ma’lum qilgan. Shu bilan birga, Durov, ehtimol, Fransiyani nazarda tutgan, chunki u o‘z xabariga non emojisini qo‘shgan edi.