Bugun 20 may, 2025 yil, seshanba

КИР

AQShda 2 yoshli bola 15-qavatdan tushib ketib, omon qoldi

AQShda 2 yoshli bola 15-qavatdan tushib ketib, omon qoldi

AQShning Merilend shtatida ko‘p qavatli uyning 15-qavati balkonidan tushib ketgan 2 yoshli bola omon qoldi, deb xabar bermoqda Kun.uz

Qayd etilishicha, bola butalar ustiga tushgan va jarohat olgan. U shifoxonaga yotqizilgan bo‘lib, uning ahvoliga oid boshqa tafsilotlar keltirilmagan.

Qutqaruvchilarga ko‘ra, balkon ostida o‘sgan butalar va tuproqning yumshoqligi, shuningdek, bola juda kichkina bo‘lgani va vazni ham yengilligi uning omon qolishiga xizmat qilgan.

Ma’lum qilinishicha, balkonga panjara emas, balki himoya oynasi o‘rnatilgan bo‘lgan. Hodisa yuz bergan vaqtda uyda yoshi katta insonlar ham bo‘lgani aytilmoqda.

Polisiya holat yuzasidan tergov harakatlarini olib bormoqda.

Kiritildi: 22:17 18.05.2025. O'qildi: 698 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!