Ukraina prezidenti yangi Rim papasi Lev XIV bilan uchrashdi.
Bu haqda Vladimir Zelenskiy o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.
"Ukraina va Rossiya o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar uchun maydon bo‘lishga tayyorligi uchun Vatikaniga minnatdorchilik bildiraman. Biz haqiqiy natijalar uchun har qanday formatda muloqotga tayyormiz. Ukrainani qo‘llab-quvvatlaganingiz va adolatli hamda barqaror tinchlikni himoya qilishdagi aniq pozisiyangiz uchun rahmat", — deb yozdi Zelenskiy.