Bugun 20 may, 2025 yil, seshanba

КИР

Maktablarda “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari 24-may kuni o‘tkaziladi

Maktablarda “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari 24-may kuni o‘tkaziladi

Boshlanayotgan haftada yurtimiz maktablarida so‘nggi qo‘ng‘iroq jaranglaydi. Ijtimoiy tarmoqlarda ushbu tadbir o‘tkazilishi taqiqlangani, cheklovlar o‘rnatilgani haqida turli noto‘g‘ri xabarlar tarqalmoqda.

Joriy o‘quv yilining oxirgi kuni 25-may, yakshanba – dam olish kuniga to‘g‘ri kelganligi sababli so‘nggi qo‘ng‘iroq tadbirlari 24-may – shanba kuni o‘tkazilishi belgilangan.

So‘nggi qo‘ng‘iroq har bir inson hayotida unutilmas taassurotlarga boy bo‘ladi. Ayniqsa, katta hayot ostonasiga qadam qo‘yayotgan 11-sinf bitiruvchilari uchun bu kunning ahamiyati va qadri o‘zgacha. Bir tomondan, ko‘p yillik qadrdon sinfdoshlar, mehribon ustozlar, jonajon maktab bilan umrbod xayrlashish oson emas. Ikkinchi tomondan, mustaqil hayotga qadam qo‘yish zavqi, yangi marralar chorlovi, talabalik sururi. Bu endi chinakam bayram!

Vazirlik shuni ma’lum qiladiki, maktablarimizda so‘nggi qo‘ng‘iroq tadbirlarini ko‘tarinki kayfiyatda, tantanalar bilan o‘tkazish an’anasi bu yil ham davom etadi.

Faqat maktablarimiz jamoalarini, bitiruvchilarimizni, hurmatli ota-onalarimizni tadbirlar jarayonida xavfsizlik qoidalariga rioya etishlarini so‘raymiz!,- deyiladi xabarda.

Kiritildi: 13:42 18.05.2025. O'qildi: 506 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!