Bugun 20 may, 2025 yil, seshanba

КИР

AQSh eng ishonchli iqtisodiyot maqomini yo‘qotdi

 AQSh eng ishonchli iqtisodiyot maqomini yo‘qotdi

Moody’s AQShning kredit reytingini AAA dan Aa1 ga tushirdi, buni hukumat qarzining o‘sishi va moliyaviy intizom yo‘qligi bilan izohladi.

Moody’s reyting agentligi AQShning uzoq muddatli kredit reytingini maksimal AAA darajasidan Aa1 darajasiga tushirdi.

Rasmiy bayonotga ko‘ra, qaror davlat qarzining barqaror o‘sishi va unga xizmat ko‘rsatish xarajatlarini aks ettiradi. Bu ko‘rsatkichlar bir xil reytingga ega bo‘lgan mamlakatlar uchun o‘xshash ma’lumotlardan sezilarli darajada oshadi.

Moody’s, shuningdek, Oq uy va Kongressning byudjet taqchilligini kamaytirish va xarajatlar o‘sishini cheklash bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida kelishib olishga qodir emasligini qayd etdi.

Reyting prognozi “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirildi. Bu shuni anglatadiki, agentlik yaqin kelajakda boshqa o‘zgarishlarni rejalashtirmaydi.

Shu tariqa Moody’s AQShning suveren reytingini pasaytirgan uchta yirik reyting agentligining oxirgisi bo‘ldi. Fitch 2023 yilda o‘z reytingini pasaytirgan bo‘lsa, Standard and Poor’s 2011 yilda buni amalga oshirgan edi.

Bugungi kunda AQSh davlat qarzi 34 trillion dollardan oshadi. 2024-yil yakuni bo‘yicha uning YAIMga nisbati 123 foizni tashkil etdi, bu dunyodagi eng yuqori ko‘rsatkichlardan biridir.

Qaror inflyasiya va ishsizlik xavfi ortib borayotgani fonida qabul qilindi, ekspertlarning fikricha, bu Prezident Donald Trampning yangi tarif rejasi bilan bog‘liq.

Inflation Insights rahbari Omair Sharifning ta’kidlashicha, Fed stagflyasiya tahdidi kuchayib borayotganini "aniq" aytdi. Iqtisodiy noaniqlik faqat aprel oyidan beri kuchaydi, dedi u.

Kiritildi: 12:46 18.05.2025. O'qildi: 743 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!