Rossiya, Ukraina va Turkiya delegasiyalari ishtirokidagi muzokaralar Istanbulda mahalliy vaqt bilan 12:30 da (Toshkent vaqti bilan 14:30) boshlanadi, deb xabar bermoqda Reuters, AFP va Anadolu Turkiya Tashqi ishlar vazirligidagi manbalarga tayanib.
Bungacha Ukraina delegasiyasi Turkiya va AQSh vakillari bilan uchrashadi. Bu uchrashuv mahalliy vaqt bilan 10:45 da (Toshkent vaqti bilan 12:45) rejalashtirilgan. Har ikkala uchrashuv Dolmabahche saroyida bo‘lib o‘tadi.