Bu haqda Xalqaro strategik tadqiqotlar instituti xabar berdi.
"Agar amerikalik harbiylar Yevropani butunlay tark etsa, ularning o‘rnini qoplash uchun Yevropa davlatlariga 25 yil davomida bir trillion dollargacha mablag‘ sarflash talab etiladi", deyiladi Xalqaro strategik tadqiqotlar instituti (IISS) hisobotida.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, zarur bo‘lgan yangi xaridlar uchun 226 milliarddan 334 milliard dollargacha mablag‘ ketadi. Eng qimmat xaridlar qatoriga 400 ta jangovar taktik samolyot (taxminan 64 milliard dollar) va turli xil 20 ta harbiy kema (taxminan 50 milliard dollar) kiradi.