Amerikalik fizik, dunyodagi ilk vodorod bombasi mualliflaridan biri Richard Garvin 97 yoshida vafot etdi, deb xabar berdi NYT.
Vodorod bombasi yaratilgan paytda u 23 yoshda edi.
AQShning ko‘plab prezidentlariga Garvin maslahatchi bo‘lgan, Pentagon uchun josuslik tizimi yaratilishida qatnashgan.
Richard Garvin yadroviy qurolsizlanish tarafdorlaridan bo‘lgan, intervyularidan birida vodorod bombasi umuman bo‘lmagani yaxshi edi, degan.