Go‘zallik malikasi, "Koinot ayoli" tanlovi g‘olibi Li Si Syuan Gonkongda Amerika universitetining diplomini soxtalashtirgani uchun to‘qqiz oyga qamaldi.
Bu haqda Need To Know (NTK) nashri xabar bermoqda.
Si Syuan Shenchjen shahri vakili bo‘lgan, biroq Gonkong universitetining tilshunoslik fakultetida o‘qigan - "Koinot ayoli" go‘zallik tanlovida g‘olib chiqqanidan ikki hafta o‘tgach, Si Syuan 2024 yil 20 iyunda hibsga olingan.
Ma’lum bo‘lishicha, Si Syuan universitet ma’muriyati va Gonkong migrasiya bo‘yicha davlat boshqarmasini aldagan - u Nyu-Yorkdagi Kolumbiya universitetida tilshunoslik bo‘yicha o‘qigani va a’lo baholarga o‘qigani haqida hujjat topshirgan. Bundan tashqari, Si Syuan universitetga kirish uchun vositachi orqali taxminan 370 ming yuan to‘laganlikda ayblanmoqda.