Turkiya prezidentining boshqa bayonotlari:
▪️Turkiya kuchli va qudratli davlat. Hech qanday kuch bizni tiz cho‘ktirolmagan va buni qila olmaydi ham.
▪️Turkiya endi mudofaa mahsulotlarini izlab boshqalarning eshigini qoqmayapti – endi texnologiyalar uchun bizga kelishmoqda. Ilgari bizga turli bahonalar bilan rad javobini berishardi, ammo bugun Turkiya pilotsiz uchish apparatlari texnologiyalari bo‘yicha standartlarni belgilaydigan kam sonli mamlakatlardan biriga aylandi.
▪️Terrorizmdan xalos bo‘lgan Turkiya, avvalo, iqtisodiy rivojlanish uchun kuchli turtki oladi.
▪️"Terrorizmsiz Turkiya" strategik maqsadini amalga oshirish orqali biz tinchlik, farovonlik va taraqqiyot yo‘lidagi yana bir to‘siqni bartaraf etmoqdamiz.
▪️Biz konstruktiv tanqid va takliflarga ochiqmiz, ammo yo‘limizni to‘xtatishga urinishlarni vijdonli deb qabul qilmaymiz.
▪️"Terrorizmsiz Turkiya" doirasida amalga oshirilayotgan barcha ishlar bizning qat’iy tamoyillarimizga asoslanadi: bir xalq, bir bayroq, bir davlat, bir vatan.