Zelenskiy Istanbulga bormasligini Rossiya bilan muzokaralarda Ukraina delegasiyasiga mudofaa vaziri Rustem Umerov rahbarlik qilishini aytdi.
Ukraina prezidenti bu haqda Anqarada Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bilan uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida e’lon qildi.
Ukraina prezidentining boshqa bayonotlari:
◾️ Rossiya va Ukraina delegasiyalari o‘rtasidagi uchrashuv bugun kechqurun yoki ertaga bo‘lib o‘tishi kutilmoqda;
◾️ Ukraina delegasiyasi Turkiyaga kelgan AQSh vakillari bilan ham uchrashadi;
◾️ Rossiya delegasiyasining past darajasini ko‘rib, biz ular jiddiy muzokaralarga tayyor emasligini tushundik;
◾️ Moskva real muzokaralarga jiddiy yondashmayapti, biroq AQSh prezidenti Donald Trampga hurmatimiz bois Ukraina delegasiyasini muzokaralarga yuboramiz;
◾️ Muzokarada qatnashayotganlar Rossiya delegasiyasi a’zolari orasida qaror qabul qiladigan shaxslarni ko‘rmayapmiz;
◾️ Bizning delegasiyamiz kun tartibida o‘t ochishni to‘xtatish masalasini ko‘taradi, lekin Rossiya bunga tayyormi — bunga ishonchimiz yo‘q;
◾️ Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an yana bir bor Ukrainaning hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlashini va Qrimni Ukraina hududi deb hisoblashini tasdiqladi;
◾️ Men hanuzgacha Rossiya bu uchrashuvlarga jiddiy yondashmayapti, urushni to‘xtatmoqchi emas, deb hisoblayman;
◾️ Ukraina delegasiyasi va men Istanbulda 16 may kuni ham qolamiz. Agar Rossiyadan dastlabki shartlarsiz o‘t ochishni to‘xtatish faqat davlat rahbarlari o‘rtasidagi muzokaralar orqali bo‘lishi mumkinligi haqida signal bo‘lsa, men shu yerdaman;
◾️ Rossiya Putinning to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarga tayyorligini aytdi, keyin esa barchasi o‘zgardi. Mana, men shu yerdaman, biz to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarga tayyormiz;
◾️ Agar Rossiya urushni yakunlashga haqiqiy tayyorlikni namoyish qilmasa, Ukraina AQSH, Yevropa Ittifoqi va “Global Janub” davlatlaridan Rossiyaga qarshi keskin sanksiyalar joriy etishni so‘raydi;
◾️ Biz harakatlarimizni prezident Tramp bilan muvofiqlashtirmadik, lekin muzokaralar o‘tkazilishini bilganimizda, ularning yuqori darajada o‘tishi kerak deb qaror qildik;
◾️ Hozir Rossiya urushni tugatmoqchi emasligini namoyish qilmoqda;
◾️ Men Putinga hech qanday taklif kiritmadim, barchamiz bilamizki, u faqat to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni talab qiladi;
◾️ Rossiya hurmasizlik ko‘rsatmoqda: na uchrashuv vaqti, na kun tartibi, na yuqori darajali delegasiya bor. Ruslar bizni hurmat qilmaydi, bu shundoq ham ayon;
◾️ Men Konstitusiya kafolatchisiman. Qrim — bu Ukraina. Biz bosib olingan hududlarni Rossiyaniki deb tan olmaymiz;
◾️ 20 foiz hududimizni bosib olish — bu diplomatiya emas;
◾️ Trampning pozisiyasi — har ikki tomonga bosim o‘tkazish, bizga Rossiyaga qaraganda ko‘proq bosim bo‘lmoqda;
◾️ Biz o‘z hayotimiz va yerimizni boy berishga tayyor emasmiz;
◾️ Rossiya barcha yo‘nalishlarda hujum harakatlarini boshlagan. Asosiy yo‘nalish Sumi, u yerda 67 ming nafar rus qo‘shinlari oldinga siljimoqda, Ukraina Qurolli Kuchlari ular kuchlarini birlashtirmasligi uchun choralar ko‘rmoqda.