Rossiya delegasiyasi bilan muzokaralar o‘tkazish uchun Istanbulga borishdan bosh tortgan Vladimir Zelenskiy u yerga ukrainalik muzokarachilar guruhini yuboradi, uning tarkibi hozirda ishlab chiqilmoqda.
Bu haqda AFP manbasiga tayanib xabar berdi.
"Vladimir Zelenskiy Istanbulga bormaydi va kimni yuborishni "hozir hal qilmoqda," deb yozadi agentlik.
Rossiya delegasiyasi rahbari Vladimir Medinskiy ta’kidlaganidek, muzokarachilar ishchan kayfiyatni saqlab qolmoqda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya tomoni Istanbuldagi muzokaralar jarayonini qayta tiklashga va ehtimoliy murosalarga tayyor.