Kiyev 2022 yildan beri birinchi marta NATO sammitida ishtirok etish uchun taklifnoma olmadi, deb yozadi EURACTIV nashri manbalarga tayanib.
Nashrning yozishicha, bunday harakatlar maxsus operasiya boshlanganidan beri o‘rnatilgan an’anani buzadi - o‘shanda Vladimir Zelenskiy alyansning har bir yillik sammitida qatnashgan.
Nashr manbalariga ko‘ra, iyun oyidagi uchrashuvga faqatgina 32 a’zo davlat vakillari jalb qilinishi taxmin qilinmoqda.
EURACTIV suhbatdoshlari, shuningdek, Kiyevning mavjudligi, ayniqsa, AQSh prezidenti Donald Tramp bilan qandaydir keskinlikni keltirib chiqarishi mumkin, degan fikrni bildirishdi.