Bugun 17 may, 2025 yil, shanba

КИР

Tramp: "Putin bilan uchrashmagunimcha, Ukraina bo‘yicha muzokaralarda hech qanday taraqqiyot bo‘lmaydi"

Tramp: "Putin bilan uchrashmagunimcha, Ukraina bo‘yicha muzokaralarda hech qanday taraqqiyot bo‘lmaydi"

AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya yetakchisi Vladimir Putin bilan shaxsan uchrashmaguncha, Rossiya-Ukraina mojarosi bo‘yicha muzokaralarda hech qanday taraqqiyot bo‘lmasligini aytdi.

Bu haqda hozirda Dubayga uchayotgan prezident samolyoti bortida jurnalistlarga ma’lum qildi.

"Putin va men uchrashgunimizcha hech narsa bo‘lmaydi", - dedi u Rossiya va Ukraina delegasiyalarining bugun Istanbulda bo‘lib o‘tishi kutilayotgan uchrashuvni sharhlar ekan.

Tramp, shuningdek, Rossiya delegasiyasining Istanbuldagi tarkibidan hafsalasi pir emasligini, lekin bu haqda hech qanday ma’lumotga ega emasligini ta’kidladi.

Kiritildi: 18:25 15.05.2025. O'qildi: 626 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!