Bugun 17 may, 2025 yil, shanba

КИР

Usta dehqonlarga subsidiya ajratiladi

A A A
Usta dehqonlarga  subsidiya ajratiladi

Hukumat qarori (317-son, 13.05.2025 y.) bilan “O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan grant, subsidiya, kredit va lizing ajratish tartibi to‘g‘risida” gi nizom tasdiqlandi.

📋Nizom Dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan grant, subsidiya, kredit va lizing ajratish tartibini belgilaydi.

✔️Quyidagilar jamg‘arma hisobidan moliyaviy qo‘llab-quvvatlash turlari hisoblanadi:

▪️har yili 500 ta mahallada bittadan aholi tomorqasida amalga oshirilgan eng namunali va innovasiya loyiha uchun BHMning 100 baravaridan oshmagan miqdorda grantlar ajratish;

▪️usta dehqonlar tomonidan qisqa muddatli o‘quv kurslarini tashkil etish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun har bir kurs uchun BHMning 15 baravarigacha miqdorda subsidiya ajratish;

▪️muayyan mahalladagi 50 foiz xonadonlarning tomorqasida eksportbop mahsulot yetishtirishni yo‘lga qo‘yib bergan usta dehqonlarga 100 million so‘mgacha subsidiya ajratish;

📌Hududiy mehnat organi "mahalla yettiligi" tomonidan o‘tkazilgan xatlov natijalariga ko‘ra aniqlangan usta dehqonlar bilan mahallaning 50 foiz xonadonlari tomorqasida eksportbop mahsulot yetishtirishni yo‘lga qo‘yishni o‘rganib chiqadi.

🔍 Vazirlik o‘n ish kunida takliflarni o‘rganib, mahallaning 50 foiz xonadoni tomorqasida eksportbop mahsulot yetishtirishni yo‘lga qo‘yadigan usta dehqonlarni tanlaydi.

🌐 Hududiy mehnat organi bir ish kunida subsidiyani "Onlayn mahalla" elektron platformasidagi usta dehqonlarning bank kartalariga o‘tkazib beradi.

Kiritildi: 12:27 15.05.2025. O'qildi: 600 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!