Financial Times ma’lumotlariga ko‘ra, Tramp ma’muriyati tashabbusi bilan tuzilgan AQShning Ukraina tabiiy resurslaridan foydalanish to‘g‘risidagi kelishuv kelgusi 10-15 yil ichida sezilarli natija bermaydi.
Mutaxassislar jiddiy to‘siqlarni ko‘rsatmoqda: davom etayotgan urush, maxfiy geologik ma’lumotlar, vayron bo‘lgan infratuzilma va korrupsiya xavfi.
Hatto tezroq amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan neft va gaz loyihalari ham shubha ostida qolmoqda. Investorlar urush to‘xtatilishi qanday ko‘rinishda bo‘lishini va kim birinchi bo‘lib katta mablag‘ tikishini tushunmasdan turib, sarmoya kiritishdan cho‘chishmoqda.