Bugun 15 may, 2025 yil, payshanba

КИР

O‘zbekiston va YEI o‘rtasida 12 milliard yevroga teng loyihalar muhokama qilindi

O‘zbekiston va YEI o‘rtasida 12 milliard yevroga teng loyihalar muhokama qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 13 may kuni Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Eduards Stipraysni qabul qildi.

EI maxsus vakili Yevrokengash Prezidenti Antoniu Koshta va Yevrokomissiya Prezidenti Ursula fon der Lyayenning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Joriy yil aprel oyida Samarqand shahrida o‘tgan "Markaziy Osiyo - Yevropa Ittifoqi" birinchi sammitida qabul qilingan qarorlarni amalga oshirish doirasida ikki tomonlama va mintaqaviy hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Investisiyaviy va moliyaviy-texnik hamkorlik bo‘yicha umumiy qiymati 12 milliard yevrolik aniq loyihalarni tez fursatda tayyorlash va ilgari surishga alohida e’tibor qaratildi.

Mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi, shuningdek, bo‘lajak tadbirlar rejasi ko‘rib chiqildi.

Kiritildi: 19:13 13.05.2025. O'qildi: 455 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!