Fransiya prezidentining aytishicha, Kiyevda Yevropa rahbarlari aniq taklif bildirgan: dushanbadan boshlab hech qanday shartlarsiz 30 kunlik o‘t ochishni to‘xtatish.
"Prezident Zelenskiy hech qanday shart qo‘ymasdan majburiyatlarni o‘z zimmasiga oldi. Endi biz Rossiyadan ham xuddi shunday aniq javob kutmoqdamiz. Qurollar gapirgan paytda muzokaralar bo‘lishi mumkin emas. Ayni paytda tinch aholi bombardimon qilinayotganda muloqot bo‘lishi mumkin emas. Hozir muzokaralar boshlanishi uchun o‘t ochishni to‘xtatish zarur", deya yozdi Makron.