Shveysariyada bo‘lib o‘tgan muzokaralar chog‘ida AQSh va Xitoy “to‘liq qayta yuklash” bo‘yicha kelishib oldilar, dedi AQSh prezidenti Donald Tramp. U maslahatlashuvlarning birinchi kunini "juda yaxshi" deb atadi, deya xabar beradi BBC.
- Ko‘p narsalarni muhokama qildik, ko‘p masalalar bo‘yicha kelishuvga erishdik. Biz katta yutuqlarga erishdik, — deb yozdi Tramp o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida, lekin gap aynan nima haqida ekanligini aniqlamadi.
AQSh va Xitoy delegasiyalari shu hafta oxirida Jenevada ikki kunlik muzokaralar o‘tkazmoqda. Maqsad Tramp aprel oyi boshida boshlagan savdo urushini yumshatishdir. Uning tashabbusi bilan AQSh Xitoy tovarlariga bojxona tariflarini keskin oshirdi. Bunga javoban Pekin ham tariflarni oshirdi. Natijada soliq stavkasi 100 foizdan oshdi, ikki davlat o‘rtasidagi savdo amalda to‘xtadi.
Reuters xabariga ko‘ra, delegasiyalarning shanba kungi uchrashuvi sakkiz soat davom etgan va yakshanba kuni ertalab davom etadi. Bu savdo urushi boshlanganidan beri ikki davlat yuqori martabali rasmiylari o‘rtasidagi birinchi yuzma-yuz uchrashuvdir.