"Barselona" o‘z maydonida La Liga 35-turidan o‘rin olgan o‘yinda "Real"ni mag‘lub etdi - 4:3.
Kataloniyaliklar safida Rafinya dubl qayd etgan bo‘lsa, Lamin Yamal va Erik Garsiya bittadan gol urdi. Ferran Torres uchta golli uzatmani amalga oshirdi.
Madridliklar safida Kilian Mbappe het-trik qayd etdi, Vinisius Junior ikkita golli uzatmani amalga oshirdi. Mbappe debyut mavsumida gol urish bo‘yicha "Real"ning yangi rekordini o‘rnatdi - 39 ta gol.
"Barselona" mavsumdagi to‘rtta o‘yinning barchasida "Real"ni mag‘lub etdi.
"Ko‘k-anorranglilar" 82 ochko jamg‘arib, La Liga turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. "Qaymoqranglilar" esa 75 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda.