Bugun 13 may, 2025 yil, seshanba

КИР

Rossiya Ukrainaga 108 ta dron bilan hujum qildi

Rossiya Ukrainaga 108 ta dron bilan hujum qildi

Rossiya Ukrainaga 108 ta dron bilan hujum qildi. Bu haqda Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi xabar berdi.

"11 mayga o‘tar kechasi Ukraina havo mudofaa kuchlari mamlakatning sharqiy, shimoliy, janubiy va markaziy qismlarida 60 ta Shahed turidagi dronlarni to‘xtatdi. Yana qirqdan ortiq dron nishoniga yetib bormadi.

Shuningdek, Sumi va Xarkov viloyatlariga boshqariluvchi aviasiya bombalarining uchirilishi haqida ham xabar berilgan.

Bosh shtab ma’lumotiga ko‘ra, Rossiya dronlarni Bryansk, Smolensk viloyatidagi Shatalovo, Rostov viloyatidagi Millerovo, Krasnodar o‘lkasining Primorsko-Axtarsk shaharlaridan, shuningdek Rossiya nazoratidagi Zaporoje viloyati va anneksiya qilingan Qrim hududlaridan uchirgan.

"Kiyev viloyatida Rossiya dronlari hujumi oqibatida 70 yoshli erkak jabrlandi, bir nechta uyga zarar yetdi", — deya ma’lum qildi Kiyev viloyat harbiy ma’muriyati rahbari Nikolay Kalashnik.

Dnepropetrovsk viloyati harbiy ma’muriyati rahbari Sergey Lisakning ma’lum qilishicha, Rossiya armiyasi ushbu hududga dronlar, boshqariluvchi aviasiya bombalar va artilleriya bilan hujum qilgan. Bir necha bino zararlangan, hech kim jabrlanmagan.

Kiritildi: 18:40 11.05.2025. O'qildi: 686 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!